Shaxmat Olamida
en • 2:13
Текст песни
Bir bor ekan, bir yo'q ekan Shaxmat oilasi bor ekan Piyodalar, shox, vazir Fil, ot, to'ra, jam ekan Piyodalar keladi, keladi Oldinga shaxdam yuradi Birgalikda bajaramiz Bir, ikki, bir, ikki Tezroq bajaramiz, bir, ikki O'ngga, chapga, bir, ikki Shoxni himoya qilar vaziri Ot tez chopar, yo'li ko'p Fil va to'ra birgalikda O'yin qiziq bo'ladi shunda O'ylanamiz, o'ynaymiz Birgalikda quvnaymiz Birgalikda yuramiz, bir, ikki, uch Bir, ikki, uch Takrorlaymizmi? Albatta! Bir, ikki, uch Shox, vazir to'playdi kuch Otdek sakrab yuramiz (bir, ikki, uch, to'rt) Bexato bajaramiz, kichkina demang bizni Fil bo'lib yuramiz (besh, olti, yetti) Cheksiz burchaksimon, shunday davom etamiz Davom etamizmi? Ha, ha, ha, ha To'ra keladi uzoqdan Qochib qol tezda tuzoqdan Sakkiz, to'qqiz, o'n Shoxni himoya qilar vaziri Ot tez chopar, yo'li ko'p Fil va to'ra birgalikda O'yin qiziq bo'ladi shunda O'ylanamiz, o'ynaymiz Birgalikda quvnaymiz Yoqadi bu o'yin bizga Qiziqarli, jumboqli O'ylanamiz, o'ynaymiz Birgalikda quvnaymiz